"AMANAH CONSULTINGS GROUP" MChJ tarkibida faoliyat yurituvchi Maxsus Shariat kengashi — bu kompaniyalarning strategik yo‘nalishlarini belgilash, yirik loyihalarni baholash va ularning islomiy moliya.
AMANAH CONSULTINGS GROUP tomonidan ko‘rsatiladigan Islom moliya tashkilotlari auditi — bu islomiy banklar, takaful kompaniyalari.
Takaful — bu an’anaviy sug‘urtaga islomiy muqobil bo‘lib, o‘zaro kafillik va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan sug‘urta tizimidir.
Re-takaful — bu Takaful kompaniyalari o‘z xavflarini yana boshqa islomiy sug‘urta tashkilotlari orqali taqsimlash tizimi bo‘lib.
Islom moliyasi jadal rivojlanib borayotgan global soha bo‘lib, uni an’anaviy bank tizimlariga integratsiya qilish dolzarb
An’anaviy tijorat bankini to‘liq islomiy bankka aylantirish — murakkab, ammo istiqbolli strategik jarayon bo‘lib, u shariat
Islomiy moliya tizimini to‘liq qamrab oluvchi mustaqil bank tashkil etish — yirik strategik tashabbus bo‘lib, puxta rejalashtirish, shar’iy
Sukuk — bu shariatga muvofiq moliyaviy vosita bo‘lib, u an’anaviy obligatsiyalardan farqli o‘laroq, foyiz (ribo) asosida emas
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda har bir investor sarmoyasini nafaqat rentabellik, balki halollik, shar’iy tozalik va mas’uliyatli moliyaviy
Islomiy moliya bozori bugungi kunda jadal rivojlanmoqda va dunyo bo‘ylab milliardlab dollarlik resurslar shariatga muvofiq loyihalar.
Zamonaviy moliya dunyosida islomiy yondashuvlar tobora keng ommalashib bormoqda. Shariatga asoslangan moliyaviy tizimni to‘g‘ri tushunish
Islom moliyasi – bu moliyaviy faoliyatni Qur’on, Sunnat va fiqh asosidagi Shariat qoidalari doirasida tashkil etuvchi muqobil tizimdir.
AMANAH CONSULTINGS GROUP — bu islomiy moliya sohasida innovatsion yondashuvga ega, zamonaviy, halol va professionallikni ustuvor qadriyat deb bilgan maslahat kompaniyasidir. Biz halol biznes yuritish tamoyillariga asoslangan xizmatlarni taqdim etamiz va mijozlarimizga ishonchli yechimlar taklif qilishga intilamiz.
Bizning vazifamiz — islomiy moliya tizimining yurtimizda rivojlanishiga hissa qo‘shish, tashkilotlar va investorlar uchun toza, ishonchli va professional xizmatlar ko‘rsatishdir.
Quyidagi tafsilotlardan foydalanib bog’laning.

© 2026 AMANAH CONSULTINGS GROUP.
«AMANAH CONSULTINGS GROUP» MChJ tarkibida faoliyat yurituvchi Maxsus Shariat kengashi — bu kompaniyalarning strategik yo‘nalishlarini belgilash, yirik loyihalarni baholash va ularning islomiy moliya prinsiplariga muvofiqligini ta’minlashda muhim maslahat va nazorat organidir.
Ushbu kengash tarkibida tajribali mutaxassislar, auditorlar, shar’iy maslahatchilar hamda iqtisodchilar faoliyat yuritadi. Ustavga ko‘ra, Maxsus kengash quyidagi vazifalarni bajaradi:
Shari’ah kengashi — to‘rt yillik muddatga Boshqaruv Kengashi tomonidan tayinlanadigan, 3 nafargacha fiqh olimlaridan iborat organ hisoblanadi. 🔹 Asosiy vazifalari:
Shariat Kengashi – Asosiy vazifalari (Qisqacha)
1. Shariatga muvofiqlikni nazorat qilish
Kengash moliyaviy tashkilotning barcha faoliyatlari Islom qonun-qoidalariga (Shariatga) muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.
Barcha operatsiyalar halol, foizsiz va adolatli bo‘lishi kerak.
2. Qarorlar chiqarish
Kengash moliyaviy mahsulotlar bo‘yicha Islomiy huquqiy qarorlar beradi.
3. Shartnomalar va operatsiyalarni ko‘rib chiqish
Barcha shartnomalar va hujjatlar Shariatga mosligini tekshiradi.
Noaniqlik, harom shartlar yoki adolatsiz kelishuvlar bo‘lmasligi kerak.
4. Yillik hisobot tayyorlash
Har yili aksiyadorlarga moliyaviy faoliyatning Shariatga mosligi haqida hisobot taqdim etadi.
Bu hisobotda foyda taqsimoti, zakot va harom daromad haqida ma’lumot bo‘ladi.
5. Foyda va zarar taqsimotini nazorat qilish
Investorlar bilan bank o‘rtasidagi foyda va zarar adolatli taqsimlanishini ta’minlaydi.
Hamma shartlar Shariatga mos bo‘lishi kerak.
6. Harom daromadlarni chiqarib tashlash
Agar harom manbadan daromad olingan bo‘lsa, u xayriya uchun ajratiladi. Bu orqali daromad halolligi (tayyibligi) saqlanadi.
7. Yordamchilar tayinlash
Kengash o‘z vazifalarini bajarishda yordam beruvchi shaxsni tayinlashi mumkin. Tekshiruvlar samarali o‘tkaziladi.
8. Rasmiy tayinlov shartlarini belgilash
Kengash a’zolari bilan bank/kompaniya o‘rtasidagi vazifa va majburiyatlar yozma ravishda belgilanishi kerak. Bu kengashning mustaqilligini kafolatlaydi.
Xulosa:
Shariat Kengashi moliyaviy muassasada Islomiy tamoyillar asosida adolat, halollik va shaffoflikni ta’minlaydi. U mijozlar, investorlar va bank faoliyatini harom amallardan himoya qiladi.
Qolaversa quyidagi vazifalari ham mavjud:
✔ Kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish
✔ Shariatga muvofiqlikni tahlil qilish va shar’iy tavsiyalar ishlab chiqish
✔ Katta hajmli investitsiyalar va loyihalarda tavakkalchilik (xavf) darajasini baholash
Maxsus Shariat kengashi, shuningdek, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi va direktor faoliyati ustidan maslahat, xulosa va tavsiyalar berish orqali ishonchli boshqaruv va halollikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
AMANAH CONSULTINGS GROUP tomonidan ko‘rsatiladigan Islom moliyasi tashkilotlari auditi — bu islomiy banklar, takaful kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va boshqa moliyaviy muassasalarning faoliyati ustidan shariat va moliyaviy me’yorlarga muvofiq holda mustaqil nazoratni amalga oshiruvchi xizmat turidir.
Ushbu auditning asosiy maqsadi – tashkilot faoliyatining Qur’on, Sunnat va Fiqh asoslariga, shuningdek, AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) kabi xalqaro islomiy moliya standartlariga va Shariat kengashi qarorlariga muvofiqligini aniqlash va mustahkamlashdir.
Audit quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
✔ Moliya tashkilotining shartnomalari, bitimlari va operatsiyalarini shar’iy jihatdan tahlil qilish.
✔ Shariat kengashlarining qarorlariga rioya etilishini tekshirish.
✔ Moliyaviy hisobotlarning shariatga muvofiqligini baholash.
✔ Halol va harom aktivlar nisbatini aniqlash, kerak bo‘lsa, tozalash (purification) choralarini ko‘rsatish.
✔ Tashkilot ichki nazorat tizimlarining islomiy moliya talablariga muvofiqligini tekshirish
Ustav hujjatining tegishli bo‘limlariga ko‘ra, kompaniya o‘z faoliyatida audit xizmatlarini qonuniy asosda va professional mezonlarga tayangan holda olib boradi. Audit xulosasi tashkilotning ishonchliligi, shar’iy pokligi va investorlar oldidagi ochiqligini mustahkamlaydi.
Bu xizmat, ayniqsa, islomiy moliya yo‘nalishida ishlayotgan tashkilotlar uchun zarur bo‘lib, ularning moliyaviy obro‘sini oshiradi va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlaydi.
Takaful — bu an’anaviy sug‘urtaga islomiy muqobil bo‘lib, o‘zaro kafillik va hamjihatlik tamoyillariga asoslangan sug‘urta tizimidir. AMANAH CONSULTINGS GROUP ushbu sohada xizmat ko‘rsatuvchi yoki ushbu yo‘nalishda faoliyat boshlashni istovchi tashkilotlar uchun Takaful yoki Takaful darchasi ochish bo‘yicha professional maslahat xizmatlarini taklif etadi.
Ushbu xizmat quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
✔ Tashkilot tuzilmasi va faoliyatining islomiy moliya me’yorlariga muvofiqligini baholash.
✔ Takaful operatsiyalarining huquqiy, moliyaviy va shar’iy asoslarini ishlab chiqish.
✔ Tashkiliy hujjatlarni (ustav, nizom, tartiblar) tayyorlash va moslashtirish.
✔ Shariat kengashi faoliyati va monitoring mexanizmlarini joriy etish.
✔ Halol investitsiya yo‘nalishlarini tanlash va xavfsiz aktivlar portfelini shakllantirish.
✔ Regulyator organlar oldida ro‘yxatdan o‘tish va litsenziyalash jarayonlarida yordam ko‘rsatish.
✔ Xodimlarga islomiy sug‘urta bo‘yicha trening va maslahatlar berish
Mazkur maslahat xizmati nafaqat mustaqil Takaful kompaniyasini tashkil etishga, balki ‘an’anaviy sug‘urta kompaniyasi tarkibida alohida Takaful bo‘limi (darchasi)’ni ochishga ham qaratilgan.
Bu xizmat Ustav hujjatining IV va XIII boblarida belgilangan faoliyat turlari doirasida amalga oshirilib, islomiy moliya tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Takaful darchasi ochish orqali kompaniyalar islomiy bozordagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi va halol, shar’iy asosda rivojlanish yo‘lini tanlaydi.
Re-takaful — bu Takaful kompaniyalari o‘z xavflarini yana boshqa islomiy sug‘urta tashkilotlari orqali taqsimlash tizimi bo‘lib, u an’anaviy qayta sug‘urtalashga shar’iy muqobildir.
AMANAH CONSULTINGS GROUP Re-takaful xizmatlarini joriy etish yoki mavjud Takaful tizimini Re-takaful bilan boyitish istagidagi tashkilotlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda maslahatlar beradi:
✔ Re-takaful modelini tanlash va shar’iy asoslarni ishlab chiqish.
✔ Hamkor Re-takaful kompaniyalarini tanlashda ko‘mak.
✔ Shartnomalar va moliyaviy mexanizmlarni shar’iy jihatdan tahlil qilish.
✔ Amaldagi Takaful tizimiga Re-takaful integratsiyasini yo‘lga qo‘yish
Ushbu xizmat tashkilotlarning xavflarni kamaytirish, ishonchli zaxira tuzish va shar’iy muvofiqlikni ta’minlashiga yordam beradi.
Islom moliyasi jadal rivojlanib borayotgan global soha bo‘lib, uni an’anaviy bank tizimlariga integratsiya qilish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, AMANAH CONSULTINGS GROUP an’anaviy tijorat banklari tarkibida Islomiy moliya bo‘limlari (islom darchalari) ochish bo‘yicha kompleks maslahat xizmatlarini taqdim etadi.
Mazkur xizmat orqali banklar halol moliyaviy xizmatlarga ehtiyoj sezayotgan mijozlarga murojaat qilish, bozordagi islomiy moliya segmentida faol qatnashish va o‘z faoliyatini diversifikatsiya qilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Xizmat quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
✔ Tahlil va tayyorgarlik: Bankning mavjud infratuzilmasi, mahsulotlari va operatsion modellari o‘rganilib, islomiy moliya bilan uyg‘unlik darajasi baholanadi.
✔ Shar’iy hujjatlar va siyosat: Islom darchasi faoliyatini tartibga soluvchi reglamentlar, siyosatlar va tartiblar ishlab chiqiladi.
✔ Shar’iy nazorat tizimi: Shariat kengashi tashkil qilinadi va doimiy shar’iy audit tizimi joriy etiladi.
✔ Moliyaviy mahsulotlar: Islomiy moliyaviy xizmatlar (murabaha, ijaralar, mudaraba, musharaka va b.)ni yaratish va hujjatlashtirish.
✔ Regulyatorlar bilan ishlash: Markaziy bank va boshqa nazorat organlari bilan huquqiy va texnik kelishuvlarda ko‘mak.
✔ Xodimlar tayyorlash: Bank xodimlari uchun islomiy moliya bo‘yicha o‘quv-trening dasturlari tashkil etiladi.
Yakuniy natija — bank faoliyatining muayyan qismi shariat tamoyillariga muvofiq tashkil etiladi, mijozlar uchun ishonchli, halol moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi va bank bozordagi o‘z mavqeini mustahkamlab oladi.
An’anaviy tijorat bankini to‘liq islomiy bankka aylantirish — murakkab, ammo istiqbolli strategik jarayon bo‘lib, u shariat tamoyillariga asoslangan moliyaviy xizmatlarni taqdim etish orqali yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. AMANAH CONSULTINGS GROUP ushbu murakkab transformatsiya jarayonida professional maslahat va amaliy ko‘mak beradi.
Xizmatning asosiy maqsadi — an’anaviy bank faoliyatini Qur’on, Sunnat, fiqhiy prinsiplar va AAOIFI kabi xalqaro islomiy moliya standartlariga muvofiqlashtirish orqali to‘liq shar’iy bankka aylantirishdir.
Xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✔ Boshlang‘ich tahlil: Bankning faoliyati, daromad manbalari, aktivlar va majburiyatlari shar’iy mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tahlil qilinadi.
✔ Strategik yo‘l xaritasi: Transformatsiya uchun bosqichma-bosqich strategik reja ishlab chiqiladi.
✔ Shar’iy hujjatlar ishlab chiqish: Bank nizomi, xizmat turlari, mahsulotlar va siyosatlar islomiy tamoyillarga moslashtiriladi.
✔ Shariat kengashini tashkil etish: Doimiy nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi shakllantiriladi.
✔ Moliyaviy mahsulotlarni almashtirish: Foiz asosidagi mahsulotlar o‘rniga shar’iy asoslangan moliyaviy vositalar (murabaha, ijaralar, mudaraba, musharaka va b.) joriy qilinadi.
✔ Ichki tizimlarni moslashtirish: IT, risk menejmenti, buxgalteriya, audit, compliance va HR jarayonlari transformatsiyaga mos ravishda yangilanadi.
✔ Kadrlar malakasini oshirish: Xodimlar va rahbariyat uchun maxsus trening va konsultatsiyalar tashkil etiladi.
✔ Regulyatorlar bilan muvofiqlik: Markaziy bank va boshqa nazorat organlari talablariga muvofiqlik ta’minlanadi.
Transformatsiya yakunida bank yangi maqomga ega bo‘ladi, ya’ni rasmiy ravishda islomiy moliya instituti sifatida faoliyat yurita boshlaydi. Bu esa halol moliyaviy xizmatlarni izlayotgan keng mijozlar bazasi, xalqaro investorlar va hamkorlar uchun jozibadorlikni oshiradi.
Islomiy moliya tizimini to‘liq qamrab oluvchi mustaqil bank tashkil etish — yirik strategik tashabbus bo‘lib, puxta rejalashtirish, shar’iy muvofiqlik va regulyator talablariga to‘liq rioya etishni talab qiladi. AMANAH CONSULTINGS GROUP yangi islom bankini tashkil etish istagidagi investorlar va tashabbuskorlar uchun to‘liq maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Ustavning IV-bobida qayd etilganidek, jamiyat islomiy banklar va moliya institutlarini yaratish, ularga maslahat va huquqiy ko‘mak berish huquqiga ega. Ushbu xizmat aynan shunday faoliyat doirasiga kiradi. Xizmat quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:✔ Huquqiy va shar’iy tahlil: Mavjud qonunchilik, regulyatorlar talablari va islomiy moliya standartlariga asoslangan asosiy huquqiy-chora tadbirlar aniqlanadi. ✔ Bank konsepsiyasini ishlab chiqish: Bank faoliyati yo‘nalishlari, xizmat turlari va moliyaviy mahsulotlar strategiyasi ishlab chiqiladi. ✔ Ustav va tashkiliy hujjatlar: Shariatga moslashtirilgan ustav, nizom, siyosat va operatsion reglamentlar tayyorlanadi. ✔ Shariat kengashi: Fatvo chiqarish va shar’iy nazoratni olib boruvchi kengash tuziladi. ✔ Loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish: Markaziy bank oldida litsenziyalash, ro‘yxatga olish va texnik hujjatlarni topshirishda to‘liq ko‘mak beriladi. ✔ Ichki tizimlar: IT-infratuzilma, risk-menejment, audit, moliyaviy boshqaruv va HR tizimlari islomiy me’yorlarga muvofiq moslashtiriladi. ✔ Kadrlar tayyorlash: Boshqaruv va xodimlar uchun islomiy moliya bo‘yicha trening va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Yakuniy natija: |
To‘liq shar’iy bank maqomini olgan yangi moliyaviy muassasa shakllanadi. Bu bank halol moliyaviy xizmatlarga talab katta bo‘lgan bozorda raqobatbardosh, ishonchli va yirik xalqaro investorlar e’tiborini tortuvchi subyektga aylanadi.
Sukuk — bu shariatga muvofiq moliyaviy vosita bo‘lib, u an’anaviy obligatsiyalardan farqli o‘laroq, foyiz (ribo) asosida emas, balki haqiqiy aktivlarga egalik qilish va ularning hosilasi asosida daromad olish prinsipiga quriladi. Bugungi kunda sukuk moliya bozori orqali kapital jalb qilishning ishonchli va halol yo‘li sifatida keng qo‘llanilmoqda. AMANAH CONSULTINGS GROUP kompaniyasi sukuk chiqarishni rejalashtirayotgan korxonalar, banklar va hukumat tashkilotlariga quyidagi yo‘nalishlarda maslahat xizmatlarini taqdim etadi: Xizmat tarkibi:✔ Loyihaning shar’iy tahlili: Sukuk chiqarilishi rejalashtirilayotgan aktiv yoki loyiha islomiy moliya me’yorlariga muvofiqligi jihatidan baholanadi. ✔ Sukuk modelini tanlash: Mudoraba, Ijara, Musharaka, Wakala yoki Hybrid kabi sukuk turlaridan eng mosini tanlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. ✔ Hujjatlar ishlab chiqish: Emissiya prospekti, shartnomalar va boshqa tegishli hujjatlar shar’iy va yuridik jihatdan tayyorlanadi. ✔ Shar’iy muvofiqlik: Shariat kengashi orqali sukuk tuzilmasi tasdiqlanadi va shar’iy nazorat joriy etiladi. ✔ Bozor va investorlar bilan ishlash: Potensial investorlar uchun prezentatsiyalar, moliyaviy modellar va hujjatlar tayyorlanadi. ✔ Regulyatorlarga muvofiqlik: Markaziy bank va moliya bozorini nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiqlik bo‘yicha maslahatlar beriladi. Natija: |
Sukuk orqali kapital jalb qilayotgan tashkilot bir tomondan shar’iy muvofiqlikka erishadi, ikkinchi tomondan esa halol va ishonchli moliyaviy vosita orqali xalqaro va mahalliy investorlar e’tiborini tortadi.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda har bir investor sarmoyasini nafaqat rentabellik, balki halollik, shar’iy tozalik va mas’uliyatli moliyaviy tamoyillar asosida joylashtirishga intiladi. Ayniqsa, islomiy moliyaga e’tibor ortib borayotgan bugungi davrda, halol investitsiyalar yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash — muhim ehtiyojga aylangan. AMANAH CONSULTINGS GROUP bu borada yirik va kichik investorlar, fondlar hamda kompaniyalarga sarmoyalarni shar’iy toza, barakali va ishonchli loyihalarga yo‘naltirishda maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Xizmat mazmuni: ✔ Shar’iy audit: Investitsiya loyihalari va faoliyat yo‘nalishlarining halollik darajasini aniqlash. ✔ Yo‘nalish tanlash: Qurilish, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, agro-biznes, IT, logistika kabi shariatga mos sohalar bo‘yicha halol biznes variantlarini taklif qilish. ✔ Hamkor topish: Shar’iy toza faoliyat yurituvchi ishonchli biznes egalari yoki loyihalar bilan investorni bog‘lash. ✔ Moliyaviy tuzilma ishlab chiqish: Mudaraba, musharaka yoki ijara asosidagi sarmoya modellarini yaratish. ✔ Xavf va rentabellik bahosi: Investitsiyaning barakasi bilan birga xavf va foyda nisbatini tahlil qilish. ✔ Doimiy monitoring: Investitsiya joylashtirilgach, uning faoliyatini shar’iy va iqtisodiy nuqtayi nazardan kuzatish va hisobot berish. Natija: |
Investor o‘z mablag‘larini shariatga muvofiq, ijtimoiy mas’uliyatli va iqtisodiy barqaror loyihalarga joylashtirish orqali baraka va halollik asosida daromad topadi. Bu esa uzoq muddatli ishonch va moliyaviy xotirjamlikni ta’minlaydi.
Islomiy moliya bozori bugungi kunda jadal rivojlanmoqda va dunyo bo‘ylab milliardlab dollarlik resurslar shariatga muvofiq loyihalar izlayapti. Ushbu resurslarni jalb qilish — halol, uzoq muddatli va barakali moliyalashtirish manbaini topishning samarali yo‘lidir. AMANAH CONSULTINGS GROUP yirik va o‘rta biznes subyektlari, moliyaviy institutlar, davlat loyihalari yoki yangi tashabbuskorlar uchun islomiy moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Xizmat quyidagilarni qamrab oladi:✔ Loyiha tahlili: Resurs jalb qilinadigan loyiha yoki tashkilotning shar’iy, moliyaviy va ijtimoiy bahosini tayyorlash. ✔ Shar’iy moliyalashtirish modeli tanlash: Mudaraba, musharaka, sukuk, ijara, wakala va boshqa mexanizmlar asosida moliyalashtirish yo‘lini aniqlash. ✔ Hamkor izlash: Mahalliy yoki xalqaro islomiy moliya institutlari, investitsion fondlar va banklar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish. ✔ Hujjatlar va prezentatsiyalar tayyorlash: Investorlar va donorlar uchun loqonli, shar’iy asoslangan va moliyaviy jihatdan asosli materiallar ishlab chiqish. ✔ Kelishuvlar va muzokaralarda ko‘mak: Investorlar bilan shartnoma shartlarini ishlab chiqish va maslahat berish. ✔ Monitoring va hisobot: Mablag‘lar maqsadga muvofiq va shariat asosida sarflanishini nazorat qilish va shar’iy hisobotlar tayyorlash. Natija: |
Tashkilot yoki loyiha halol, barakali va uzoq muddatli moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi. Investor esa shar’iy asosda kafolatlangan ishonchli loyihaga sarmoya kiritadi. Bu ikki tomonlama manfaatli va barqaror hamkorlikni shakllantiradi.
Zamonaviy moliya dunyosida islomiy yondashuvlar tobora keng ommalashib bormoqda. Shariatga asoslangan moliyaviy tizimni to‘g‘ri tushunish, uni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilish uchun malakali mutaxassislar zarur. Shu maqsadda AMANAH CONSULTINGS GROUP islomiy moliya sohasida turli darajadagi trening va o‘quv dasturlarini taklif etadi. Treninglar moliyaviy muassasalar, banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, startaplar va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qatnashchilarga amaliy ko‘nikmalar va shar’iy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda taqdim etiladi. Trening yo‘nalishlariAsosiy tushunchalarIslomiy moliyaning fundamental tamoyillari Shariatda moliyaviy muomala: ribo, g‘arar, maysir Shar’iy yondashuvlar va iqtisodiy halollik madaniyati Moliyaviy mahsulotlarMurabaha, Ijara, Mudaraba, Musharaka kabi asosiy moliyaviy vositalar Sukuk (islomiy obligatsiya) va Takaful (islomiy sug‘urta) amaliyoti Shar’iy muvofiqlik va investitsiya tahlili Amaliy tajribaReal hujjatlar asosida ishlash, mahsulot modellarini tuzish Shar’iy audit, fatvo asosida qaror qabul qilish Ichki shariat nazorati tizimlarini tashkil qilish Maqsadli auditoriyaBank va moliyaviy tashkilotlar xodimlari Shari’ah kengashi a’zolari va maslahatchilar Investitsiya boshqaruvchilari Tadbirkorlar va moliyaviy mustaqillikka intilayotgan jismoniy shaxslar Trening formatlariAn’anaviy (ofisda) o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar Onlayn vebinarlar va video kurslar Korporativ buyurtmalar asosida tashkil etiladigan yopiq mashg‘ulotlar Intensiv modullashtirilgan o‘quv kurslari (2–5 kunlik) Sertifikat va davomiy rivojlanishTreninglar yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi. Dasturlar malaka oshirish, qayta tayyorlash va doimiy rivojlanishga yo‘naltirilgan bo‘lib, eng so‘nggi tendensiyalar, standartlar va shariat asosidagi amaliyot bilan doimiy yangilanib boradi. Maqsadimiz |
Islomiy moliyaviy xizmatlarda chuqur bilimli va amaliyotda yetuk mutaxassislarni tayyorlash. Har bir ishtirokchining bilim doirasini kengaytirish, halollik tamoyillariga asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam berish va barakali iqtisodiy muhitni shakllantirishga hissa qo‘shish.
Islom moliyasi – bu moliyaviy faoliyatni Qur’on, Sunnat va fiqh asosidagi Shariat qoidalari doirasida tashkil etuvchi muqobil tizimdir. Uning asosiy maqsadi faqat moliyaviy foyda olish emas, balki iqtisodiy adolat, halollik, mas’uliyat va baraka tamoyillariga amal qilgan holda, ijtimoiy manfaatga xizmat qilishdir.
Islom moliyasi dunyo moliyaviy tizimiga nisbatan o‘zining alohida yondashuvi bilan ajralib turadi. An’anaviy moliya odatda kapital asosida va foizga asoslangan kreditlash orqali ishlaydi, Islom moliyasi esa aktivga asoslangan, riskni taqsimlovchi va halol sohalarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shariatda quyidagi tamoyillar asosiy hisoblanadi:
✧ Ribo (foiz): har qanday foizli qarz berish va undan foyda olish taqiqlangan.
✧ Gharar (noaniqlik): oldi-sotdi shartnomalari aniq va oshkora bo‘lishi kerak.
✧ Maisir (qimor): moliyaviy tavakkalchilik va qimorga asoslangan faoliyatlar taqiqlanadi.
✧ Halol faoliyat: faqat Shariatga muvofiq (halol) sohalarga investitsiya kiritiladi.
✧ Risk va foydani taqsimlash: moliyaviy munosabatlar sheriklik va adolat asosida quriladi.
Trening davomida ishtirokchilar Islom moliyasining:
✔ Tarixi va rivojlanishi,
✔ An’anaviy moliyadan farqlari,
✔ Asosiy shartnomalari (Murabaha, Mudaraba, Musharaka, Ijara, Salam, Istisna‘),
✔ Xalqaro tashkilotlari (AAOIFI, IFSB, IIFM),
✔ Ijtimoiy va iqtisodiy roli haqida umumiy bilimga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa:
✔ An’anaviy va Islomiy banklar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi;
✔ Real misollar asosida moliyaviy muomalalarning Shariatga muvofiqligi baholanadi;
✔ Mini-test va guruh muhokamalari orqali ishtirokchilar tushunchalarni mustahkamlab boradilar.
Ushbu modul Islomiy moliyaviy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi va ishtirokchilarni murakkab moliyaviy vositalarni tahlil qilishga tayyorlaydi.
2. AAOIFI standartlari
AAOIFI standartlari: Islomiy moliyaviy amaliyotda yagona yo‘l xaritasi
AAOIFI (Accounting and Auditing Organization for Islamic Financial Institutions) — islomiy moliyaviy institutlar uchun buxgalteriya, audit, axloqiy va eng asosiysi, Shariat standartlarini ishlab chiqadigan xalqaro tashkilotdir. 1991-yilda Bahrayn shahrida tashkil etilgan bu muassasa bugungi kunga kelib, 45 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan va keng qo‘llanilmoqda.
AAOIFI’ning asosiy maqsadi – butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan islomiy moliyaviy institutlar uchun birxillashtirilgan, Shariatga mos va nazorat ostidagi tizimni yaratishdir. Bu orqali turli moliyaviy vositalarning Shariatga muvofiqligi kafolatlanadi, ishonch kuchayadi va investorlar uchun adolatli shartlar ta’minlanadi.
AAOIFI tomonidan ishlab chiqilgan Shariat standartlari islomiy moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarning qanday tashkil etilishi, yuritilishi va yakunlanishini aniq belgilaydi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Tijorat shartnomalari: murabaha (foyda qo‘shib sotish), ijaraning turlari, salam, istisna‘;
– Sarmoya asosidagi shartnomalar: mudaraba (bir tomon kapital, bir tomon boshqaruv), musharaka (sheriklik);
– Takaful (islomiy sug‘urta) va Re-Takaful operatsiyalari;
– Sukuk emissiyasi va aktivga egalik tamoyillari;
– Qard Hasan (foizsiz qarz), Wadi‘ah (saqlov omonatlari), va boshqa depozit shakllari.
Shuningdek, AAOIFI banklar va moliyaviy institutlar uchun buxgalteriya va audit mezonlarini ham belgilaydi, bu esa moliyaviy hisobotlar va yillik auditlarning shaffofligini ta’minlaydi. Tashkilotning Shariat kengashi har bir moliyaviy faoliyatni Qur’on, Sunnat va fiqhiy manbalarga asoslanib, puxta fatvolar bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Trening davomida ishtirokchilar AAOIFI standartlari asosida ishlangan real shartnomalar bilan tanishadilar, ularni tahlil qiladilar va Shariatga moslik mezonlarini o‘rganadilar. Bu ularga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga yordam beradi. AAOIFI standartlarini tushungan mutaxassis, har qanday islomiy moliyaviy vositaning halolligini baholashga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga tayyor bo‘ladi.
3. Islom Banklari aktiv va passiv operatsiyalari
Islomiy Moliyaviy Konsalting guruhi sifatida, Islom banklarining aktiv va passivlari bo‘yicha samarali trening tashkil etish, Shariatga muvofiq moliyaviy tizimlar asoslarini chuqur anglashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu trening ishtirokchilarga banklar qanday qilib Murabaha, Ijara, Mudaraba, Musharaka, Salam va Istisno’ kabi shartnomalar orqali aktivlarni shakllantirishi, shuningdek, Mudaraba omonatlari, Qard Hasan, Vadi‘a va Sukuk orqali passivlarni shakllantirishi haqida chuqur bilim beradi. Har bir shartnoma Islom moliyasining asosiy tamoyillari – ribo (foiz)ning taqiqlanishi, xavfni taqsimlash va aktivga bog‘liqlik kabi talablarga asoslanadi.
Trening olti moduldan iborat bo‘lib, unda ma’ruzalar, amaliy misollar, guruhli muhokamalar va simulyatsiyalar orqali o‘qitish amalga oshiriladi. Dastlab, Islom banki balans tuzilmasi tahlil qilinadi. Keyinchalik guruhlar Murabaha, Ijara kabi real shartnomalarni o‘rganadi. Passivlar mavzusida esa Sukuk va omonatlar asosida bahslar tashkil etiladi hamda tushunchalar xaritasi tuziladi. Maxsus mashg‘ulotda ishtirokchilar AAOIFI Shariat standartlari bilan tanishadi va amaliy holatlarni to‘g‘ri shartnomalar bilan bog‘lashni o‘rganadilar.
Treningdagi eng muhim bosqich – simulyatsion portfel tuzish bo‘lib, bunda ishtirokchilar jamoalarda ishlab, xavf va rentabellikni hisobga olgan holda Shariatga muvofiq aktiv va passivlardan iborat bank portfelini ishlab chiqadilar. Trening yakunida test va umumiy tahlil o‘tkazilib, bilimlar mustahkamlanadi.
Qo‘shimcha materiallar sifatida qo‘llanmalar, flashkartalar va ishtirok sertifikati taqdim etilishi mumkin. Umuman olganda, ushbu trening ishtirokchilarga nazariy va amaliy jihatdan Islom banklarining moliyaviy faoliyatini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
4. Takaful va re-takaful
Islomiy moliyaviy konsalting guruhi sifatida, Takaful va Re-Takaful tizimlari bo‘yicha trening tashkil etish, ishtirokchilarga Islomiy sug‘urta mexanizmlarini chuqur tushunishga yordam beradi. Takaful — bu ishtirokchilarning o‘zaro hamjihatlik, xayriya (tabarru’) va xavfni taqsimlash asosida, oldindan belgilangan badallarni jamg‘arib, zararga uchragan a’zoga yordam ko‘rsatish mexanizmidir
AAOIFI standartlariga ko‘ra, Takaful kompaniyasi sug‘urta operatsiyalarini vakolat (wakala) yoki mudaraba asosida boshqaradi. Kompaniya o‘z aktivlari va mijozlar aktivlarini alohida yuritadi. Ishtirokchilarning badallari xayriya sifatida sug‘urta fondiga topshiriladi. Ortib qolgan mablag‘ (surplus) qatnashchilarning foydasiga ishlatiladi yoki ularga qaytariladi.
Re-Takaful esa, Takaful kompaniyasining o‘z zimmasidagi xavflarni boshqa Takaful (yoki ba’zan shartli tarzda an’anaviy) kompaniyaga topshirishidir. Bu qayta sug‘urtalash, riskni keng doirada taqsimlash imkonini beradi. Re-Takaful shartnomalari ham xayriya, adolat, aldovdan saqlanish va o‘zaro rozilik tamoyillariga asoslanadi.
Trening davomida ishtirokchilar Takafulning huquqiy asoslari, moliyaviy modeli, Re-Takafuldagi shartnomalar va AAOIFI standartlariga muvofiqlikni amaliy holatlar asosida o‘rganadilar. Guruhli mashqlar, sxematik tahlillar va testlar orqali ishtirokchilar o‘z bilimlarini chuqurlashtiradi va Shariat asosida halol sug‘urta tizimini baholashga o‘rganadilar.
5. Islom kapital bozori
Islom kapital bozori – bu moliyaviy bozorlardagi investitsiya vositalari, operatsiyalar va infratuzilma elementlarining Shariat qoidalariga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlovchi tizimdir. Uning asosiy maqsadi – jamiyatda halol, barakali va adolatli investitsiya muhitini yaratish hamda real aktivlarga asoslangan moliyaviy o‘sishni rag‘batlantirishdir.
Islom kapital bozorining asosiy ustunlari quyidagilardir:
✧ Sukuk (Islomiy obligatsiyalar) – kapital jalb qilish uchun aktivga asoslangan investitsiya sertifikatlari bo‘lib, ularda egalik, risk va foyda taqsimoti asosiy o‘rin tutadi.
✧ Islomiy aksiyalar (shares) – Shariatga muvofiq faoliyat yurituvchi kompaniyalarning aksiyalari orqali investitsiya qilish.
✧ Islomiy investitsiya fondlari – Musharaka, Mudaraba, Ijara kabi shartnomalarga asoslangan kollektive sarmoya vositalari.
✧ Shariatga muvofiq indekslar – kapital bozorlarida kuzatuv va baholash mezonlari sifatida foydalaniladi.
⮚ Ribo (foiz)dan to‘liq xoli bo‘lishi kerak.
⮚ Gharar (aniqlik yo‘qligi)dan saqlanishi lozim.
⮚ Faoliyatlar halol sohalarga qaratilgan bo‘lishi kerak.
⮚ Foyda va zarar ishtirokchilar o‘rtasida adolatli taqsimlanadi.
✔ Islom kapital bozorining umumiy tuzilmasi va huquqiy asoslari.
✔ Sukuk turlari va ularga asos bo‘luvchi shartnomalar (Ijara, Mudaraba, Istisna‘).
✔ Islomiy aksiyalar: tanlov mezonlari, Shariat skriningi.
✔ Investitsiya fondlari va ulardagi musharaka/mudaraba tuzilmalari.
✔ Bozordagi xavflarni boshqarish, likvidlik va shaffoflik masalalari.
✔ AAOIFI standartlari asosida operatsion baholash va moslik nazorati.
Sukuk loyihalarini tahlil qilish va struktura sxemasi tuzish.
Shariat skriningi mashqi: aksiyalarni halollik mezonlariga ko‘ra saralash.
Simulyatsiya: investitsiya fondini Shariat asosida tuzish.
Indeks tahlili: islomiy indekslar qanday tuziladi va baholanadi.
Trening yakunida ishtirokchilar Islom kapital bozori vositalari va tartiblarini to‘liq tushunib, Shariatga muvofiq investitsiya qarorlarini baholash va tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu ularni mas’uliyatli, halol va barakali moliyaviy qarorlar qabul qilishga tayyorlaydi.
