Skip to main content
Yangiliklar

Islom Taraqqiyot Banki Instituti (IsDBI) 1447-hijriy yil (2026-yil) uchun “Islomiy iqtisodiyotidagi salmoqli muvaffaqiyati” (Bilim hissasi)

Возможно, это графический образ (‎текст "‎المعهد ISDBI معهد البنك الإ سلامي للتنمية Institute Bank Development Islamic‎"‎)

Ushbu mukofot davri “Bilim hissasi” toifasiga tegishli bo‘lib, IsDB a’zo davlatlarida duch kelinayotgan asosiy iqtisodiy va moliyaviy muammolarga yechim bo‘la oladigan, islomiy iqtisodiyot sohasiga qo‘shilgan muhim ilmiy hissa va yutuqlarni tan olish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shaxslar va tashkilotlar islomiy tamoyillarga mos holda insonlar hayoti va iqtisodiy taraqqiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan, innovatsion va katta ilmiy ahamiyatga ega ishlari bilan ajralib turgan boshqa shaxs va tashkilotlarni nomzod sifatida ko‘rsatishlari mumkin. O‘zini o‘zi nomzod sifatida ko‘rsatish ushbu toifada qabul qilinmaydi.

Mukofot miqdorlari quyidagicha:
— 1-o‘rin: 50 000 AQSH dollari
— 2-o‘rin: 30 000 AQSH dollari
— 3-o‘rin: 20 000 AQSH dollari

Nomzod sifatida ko‘rsatilayotgan ilmiy hissalar oxirgi yetti yil ichida amalga oshirilgan bo‘lishi va boshqa joylarda ham qo‘llash imkoniga ega bo‘lishi kerak.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, jarayon IsDB Mukofot Portalidagi “How to Apply” sahifasi orqali boshlanadi. Birinchi bosqich — nominator/arizachining ro‘yxatdan o‘tishi bo‘lib, 2025-yil 11-dekabrgacha davom etadi. Ikkinchi bosqich — nominator/arizachining 2025-yil 14-dekabrgacha nomzodlik shakli va tegishli hujjatlarni yuklashi.

Mukofot va nomzodlik tartibi haqida batafsil ma’lumot uchun IsDB Mukofot Portaliga tashrif buyuring yoki isdbprize@isdb.org

manziliga murojaat qiling.

Mukofot sovrindorlari 2026-yilgi IsDB Guruhi yillik yig‘ilishlari chog‘ida o‘tkaziladigan marosimda taqdirlanadilar. Aniq sana keyinchalik e’lon qilinadi.