
2026-yil 16-fevral kuni Al Muamalat Consulting tomonidan tashkil etilgan taqdimot tadbiri yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilgan loyihalari hamda 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish rejasi taqdim etildi.
Tadbirda Amanah Consulting Group direktori, Xusan Xasanov ham ishtirok etib, islomiy moliya sohasidagi dolzarb masalalar va rivojlanish istiqbollari yuzasidan olib borilgan muhokamalarda faol qatnashdi. Ushbu ishtirok professional hamkorlikni yanada mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, uchrashuvda tijorat banklari rahbarlari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ham qatnashib, O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish, kapital bozori instrumentlari va hamkorlik masalalari keng muhokama qilindi.
Al Muamalat Business Club ishga tushirildi
Tadbir yakunida yangi tashabbus — Al Muamalat Business Club tashkil etildi. Ushbu platforma tadbirkorlar, investorlar, bank vakillari va islomiy moliya mutaxassislarini birlashtirishga xizmat qiladi.
Klub imkoniyatlari:
• Ekspertlar bilan yopiq uchrashuvlar
• Biznes g‘oyalar va investitsiya maydoni
• Investor – Tadbirkor – Islomiy bank uchrashuvlari
• Professional konsultatsiyalar
• Master-klasslar
• Xalqaro hamkorlik
Batafsil: https://t.me/al_muamalat_business_club
Amanah Consulting Group
Islomiy moliya sohasida ishonchli hamkoringiz

