Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbekistonda Islomiy bank faoliyatiga keng yo‘l ochilmoqda: Senat yangi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston moliya tizimida uzoq kutilgan tarixiy voqea yuz berdi. Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida «O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

 

Bu qonun mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va aholi uchun halol moliyaviy xizmatlarni joriy etishda yangi davrni boshlab beradi.

Qonun bilan kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlar:

  • Yangi litsenziya turi: Endilikda banklar to‘liq islomiy bank sifatida yoki «islomiy darcha» tamoyili asosida an’anaviy faoliyat bilan birga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

  • Islomiy moliya kengashi: Markaziy bank va tijorat banklarida xizmatlarning shariat tamoyillariga muvofiqligini nazorat qiluvchi maxsus kengashlar tuziladi.

  • Soliq imtiyozlari: Soliq kodeksiga yangi bob kiritilib, islomiy moliya operatsiyalari uchun adolatli soliq rejimi o‘rnatiladi. Xususan, tovar ustamalari QQSdan ozod qilinadi va daromadlar foizli daromadlar kabi teng ko‘riladi.

Amanah Consulting Group mutaxassislari ushbu jarayonni faol kuzatib bormoqda va mahalliy moliya muassasalariga islomiy moliya standartlarini joriy etishda professional konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor.