Bugun “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun joylashtirildi.
↪️Mazkur qaror loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni litsenziyalash tartibini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
🔘Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
• islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomalarni berish hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga litsenziya berish tartibini, shuningdek ariza beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va hujjatlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
• bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan banklar tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish (islomiy darcha tashkil etish) tartibini belgilash;
• bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan banklar faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank faoliyatiga transformatsiya qilish (an’anaviy bank faoliyatidan to‘liq islomiy bank faoliyatiga o‘tish) tartibini belgilash;
• islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning Islomiy moliya kengashi a’zolari hamda islomiy bank faoliyatiga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimiga nisbatan malaka talablarini, shuningdek ularni lavozimga kirishishidan oldin Markaziy bank bilan kelishish tartibini belgilash.
Batafsil ma’lumot: https://t.me/centralbankuzbekistan
Amanah Consulting Group
Islom moliyasida ishonchli hamkoringiz

