2026-yilning I choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 8 barobarga oshgan.
📈Ko‘rsatilgan xizmatlarning asosiy qismini “Murobaha” shartnomasi tashkil etib, ularning hajmi 7,7 mlrd so‘mga yoki jami xizmatlarning 69 foiziga teng bo‘ldi. Shuningdek, “Muzoraba” xizmatlari 2,1 mlrd so‘mni (19 foiz), “Islomiy ijara” xizmatlari esa 1,4 mlrd so‘mni (12 foiz) tashkil etdi.
✔️Mijozlar tarkibida yuridik shaxslar yetakchilik qilib, ular hissasiga 5,2 mlrd so‘mlik xizmatlar to‘g‘ri keldi.
✔️Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi mos ravishda 2,9 mlrd so‘m va 3,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
🔘Hududlar kesimida xizmatlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 10,6 mlrd so‘mlik islomiy moliyalashtirish xizmatlari ko‘rsatildi. Namangan viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 670 mln so‘mni tashkil etdi.
🔘 Natijalar islomiy moliyalashtirish xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini hamda mikromoliya bozorida ushbu yo‘nalish bosqichma-bosqich rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Batafsil ma’lumot: https://t.me/centralbankuzbekistan
Amanah Consulting Group
Islom moliyasida ishonchli hamkoringiz

