Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan Qonun qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-1126) 2026-yil 27-martda qabul qilindi.

◀️Ushbu Qonun Markaziy bank tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda sohaга oid xalqaro standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

🟣Qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🟣Xususan, ushbu Qonun bilan:
☑️qonunchilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari, islomiy moliya standartlari hamda investitsiyaviy omonat (depozit) tushunchalari kiritilmoqda;
☑️islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya joriy qilinib, mazkur litsenziyani olish bo‘yicha aniq talablar o‘rnatilmoqda;
☑️islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya operatsiyalari ro‘yxati keltirilmoqda;
☑️islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oshirishga hamda yuridik shaxslarni tashkil etish va yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlarni yoki aksiyalarni cheklovlarsiz olishga ruxsat berilmoqda;
☑️islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.

🟣Bundan tashqari, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilab berilmoqda.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

 

Batafsil ma’lumot: https://t.me/centralbankuzbekistan

Amanah Consulting Group
Islom moliyasida ishonchli hamkoringiz