
O‘zbekistonda investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish hamda kapital bozorida muqobil moliyalashtirish instrumentlarini keng joriy etish maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi.
Bu haqda Prezident ShavkatMirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisidagi nutq so‘zlaganida ma’lum qildi.
Davlat rahbari O‘zbekistondaxalqaro kliring kompaniyalari faoliyati uchun ham keng imkoniyatlar yaratilishini ta’kidladi. Ushbu tashabbuslar korxonalar uchun kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital jalb etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sukuk dasturining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekistonda Islom moliyasi infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va muqobil moliya vositalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot: https://president.uz/oz/lists/view/9317
Amanah Consulting Group
Islom moliyasida ishonchli hamkoringiz

