
Toshkentda 24–26 avgust kunlari birinchi marta Silk Road Finance & Technology Forum o’tkazilmoqda — O’zbekiston Markaziy banki va Singapur asosidagi Global Finance & Technology Network (GFTN) hamkorligida, Ant International hammuassisligida.
Forum 74 mamlakatdan 6000 dan ortiq ishtirokchini, deyarli 200 spikerni va 4 milliard dollarlik aktivlarni boshqaruvchi 25 dan ortiq investorni birlashtirmoqda. Sessiyalar Central Asian Expo Uzbekistan (24–25 avgust) va Islom Sivilizatsiyasi Markazida (26 avgust) o’tkazilmoqda.
Dastur besh yo’nalishga qurilgan: ochiq bankchilik, raqamli aktivlar, chegaralararo to’lovlar, Islom moliyasi va innovatsiya-investitsiyalar. Yakuniy kun — «The Azimuth» dasturi — butunlay Islom moliyasiga bag’ishlangan: standartlar, shariat boshqaruvi, likvidlik va chegaralararo kapital masalalari muhokama qilinadi.
Bu bejiz emas: 2026-yil iyunidan kuchga kirgan yangi Islom banking qonuni O’zbekistonga deyarli 6 trillion dollarlik global Islom moliyasi bozoriga yo’l ochib bermoqda.
Amanah Consulting Group asoschisi va rahbari Husan Hasanov ham ushbu forumda bevosita ishtirok etmoqda — aynan Islom moliyasi yo’nalishi doirasida, sohaning yetakchi mutaxassislari va investorlari bilan bir maydonda.

