Tashkilot tarixi
AMANAH CONSULTINGS GROUP —2025-yil 1-iyulda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ichki ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Jamiyat to‘liq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, o‘z nomidan shartnomalar tuzadi, mol-mulkka egalik qiladi, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi va sudda da’vogar hamda javobgar bo‘lish huquqiga ega.
Ta’sischi: Xasanov Xusan Vahobovich — jamiyatning yagona ta’sischisi va 100% ustav kapitali egasi hisoblanadi (Ustav, III-bob).
Ustav fondi: 20 000 000 so‘m miqdorida shakllantirilgan (Ustav, VI-bob).
Yuridik manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy.
Ustavning IV-bobida jamiyatning asosiy faoliyat turlari belgilab berilgan. Ular orasida islomiy moliya sohasidagi quyidagi yo‘nalishlar alohida o‘rin tutadi:
- Bank, takaful, sukuk, audit va konsalting xizmatlari.
- Shariatga muvofiq loyihalar, investitsiyalar va moliyaviy mahsulotlar.
- Treninglar, ta’lim, ishlab chiqarish va texnologik xizmatlar.
Jamiyat ustavi asosida shakllangan bu faoliyatlar halol va shar’iy tamoyillarga asoslangan yondashuv orqali amalga oshiriladi.

